Ilmiy ishlar
Kafedrada quyidagi mavzularda ilmiy – tadqiqot ishlari olib boriladi
№ |
Ilmiy tadqiqot ishlar mavzusi |
Maqsad va vazifalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot |
1 |
Intensiv bog‘lar uchun takomillashgan traktor konstruksiyasini taxlil qilish |
Intensiv bog‘dagi daraxtlarni parvarishlashda qo‘l mexnatini yengillashtirish va mevalarni yig‘ib olishni mexanizatsiyalashtirish |
2 |
Traktor dvigatellarining sovitish tizimini takomillashtirish |
Traktor dvigateli sovitish tizimini ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiya ishlab chiqish |
3 |
Atmosfera havosidagi mayda uchuvchan zarrachalar (RM10, RM2.5) miqdori monitoring qilish va tarkibini o‘rganish |
Atmosfera havosidagi mayda uchuvchan zarrachalar (RM10, RM2.5) miqdorini monitoring qilish va ularni kelib chiqish manbalarini o‘rganish |
4 |
Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari parametrlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish |
Xozirgi kunda energiya zaxirasi imkoniyatini oshirish maqsadida muqobil energiya manbalaridan foydalanish va ularni O‘zbekiston sharoiti uchun maqbul variantlarni ishlab chiqish |
5 |
Cho‘l yaylovlarini mexanizatsiyalashning ilmiy-texnikaviy yechimlarini ishlab chiqish |
Inqirozga uchragan yaylovlarni qayta tiklash va kam hosilli yaylovlarni yaxshilash maqsadida cho‘l ozuqabop o‘simliklari urug‘larini ekishda qo‘llaniladigan texnik vosita va texnologiyalarni ishlab chiqish va takomillashtirish |
Olingan natijalar:
- Intensiv bog‘lar uchun takomillashgan traktor konstruksiyasini taxlil qilish
- Intensiv bog‘dagi daraxtlarni parvarishlashda qo‘l mexnatini yengillashtirish
- Mevalarni yig‘ib olishni mexanizatsiyalashtirish
O‘zbekiston sharoitida traktor dvigateli sovitish tizimini ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi.
2.Traktor dvigateli sovitish tizimini ishlash samaradorligini oshirish bo‘yichatavsiya ishlab chiqildi.
- Mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalarda 3 ta ma’ruza qilindi.
- Toshkent shaxrida atmosfera havosidagi mayda uchuvchan zarrachalar (RM10, RM2.5) miqdorini monitoring qilish va tarkibini o‘rganish bo‘yicha dastlabki tadqiqotlardan biri o‘tkazildi.
- Tadqiqotlarni olib borishda AQShning Vashington shtati universiteti va Uzgidromet tarkibiga kiruvchi Gidrometeorologiya ilmiy tekshirish instituti va professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari bilan hamkorlik qilindi
- Mayda uchuvchan zarrachalar miqdorini aniqlashda foydalaniladigan atmosfera havosidan namuna oluvchi jihozlar va boshqa materiallar olindi
- Atrof muhit va inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchiRM10, RM2.5 miqdori yoz va kuz oylarida eksperimental maydonchalarda aniqlandi
- Zarrachalar tarkibi o‘rganildi va ularni paydo bo‘lish manbalari tahlil qilindi, mobil energetik vositalarning zarrachalar hosil bo‘lishidagi ulushi aniqlandi
- Mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalarda 3 ta ma’ruza qilindi va 4 maqola chop etildi
- Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari parametrlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish
- Energiya zaxirasi imkoniyatini oshirish maqsadida muqobil energiya manbalaridan foydalanish
- O‘zbekiston sharoiti uchun maqbul variantlarni ishlab chiqish
- Cho‘l yaylovlarini mexanizatsiyalashning ilmiy-texnikaviy yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi
- Yaylov o‘simliklari urug‘ini ekish seyalkasining takomillashgan konstruksiyasi ishlab chiqildi,tajriba – sanoat nusxasi tayyorlandiva sinovlarni o‘tkazish “VMKV-Agromash” AJ ga topshirildi;
- Cho‘l o‘simliklari urug‘ini ekish agregatining sinovlari Samarkand viloyatidagi Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti ilmiy-ishlab chiqarish xo‘jaligida va Jizzax viloyati Forish tumanida“VMKV-Agromash” AJ tajriba uchastkasida o‘tkazildi.
- Cho‘l yaylov o‘simliklari urug‘ini ekish va yig‘ishtirib olishga oid tavsiya tavsiyalar ishlab chiqildi
- Tadqiqot ishlari natijalari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetida o‘quv jarayoniga joriy etildi;
- Mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalarda 3 ta ma’ruza qilindi va 5 maqola chop etildi.